Amudaryo tumaniga xizmat safari

Amudaryo tumaniga xizmat safari

Amudaryo tumaniga xizmat safari

✅Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi narkologiya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali direktori A.Esboganova filial shifokori B.Qaypnazarov bilan birgalikda Amudaryo tumaniga 2025-yil 17-noyabr sanasidagi xizmat safari!
✅ Tashrif davomida ro‘yxatda ambulator tibbiy xizmat holatini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash, tumanda narkologiya xizmatini yo‘lga qo‘yish, xizmatni Filial bilan integratsiya qilish barchasida zarur taklif va ko‘rsatmalar berish maqsadida Amudaryo tumani ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi narkologiya xonasining ishlari tuman kuratori B. Qaypnazarov bilan birgalikda o‘rganildi va amaliy yordam ko‘rsatildi. Filial direktori narkologiya xonasida bemorlarni qabul qilish tartibini, ularga yaratilgan sharoitlar, tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish, zarur tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini, ambulatoriya sharoitida kerakli dori-darmonlar tavsiya etilishi kerakligini va ularning bemorga yetib borish hamda qabul qilish tartiblari ko‘rsatilgan yozuvlar bilan birma-bir tanishdi.
✅ Tashxis qo‘yishda 10-XKTga amal qilinishi, bemorlarning konsultativ nazorati holatlari va boshqalar o‘rganildi. Aniqlangan xato kamchiliklar va qiyinchiliklarni hal etish bo‘yicha tuman narkologiga zarur tavsiya va maslahatlar berildi.