Narkologik xizmat tizimini yanada isloh qilish masalalari muhokama qilindi

Narkologik xizmat tizimini yanada isloh qilish masalalari muhokama qilindi

Joriy yilning 19-may kuni Narkotiklar va o‘qotar qurollarni nazorat qilish agentligida Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xodimlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-207-sonli Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar hamda narkologiyada davolanish tizimini xalqaro tajribalar va ilmiy yondashgan holda yangi bosqichga olib chiqish muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida hududlarda narkologik xizmatni rivojlantirish, davolash va reabilitatsiya jarayonlarini zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish, profilaktika ishlarining samaradorligini oshirish hamda sohaga oid mavjud muammolarni bartaraf etish masalalari ko’rib chiqildi.

Mutaxassislar tomonidan narkologik muassasalarda davolanish sifatini oshirish, tibbiy hujjatlar yuritilishini tartibga solish hamda sohada raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish yakunida mas’ullarga belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi.