26-iyun – Xalıqaralıq náshebentlikke qarsı gúresiw kúni
- 26.06.2026
- 0

‼️Bugun Nukus shahridagi 18-son Kasb-hunar kollejida g‘ayrioddiy bir uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Darslar, daftarlar, imtihonlar orasida o‘quvchilar bu safar o‘z hayotlari uchun eng muhim mavzu — sog‘lom turmush tarzi haqida suhbatlashdilar.
✅Uchrashuvni Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qoraqalpog‘iston filiali mutaxassislari — vrach-narkolog A. Jalilov, feldsherlar D. Perdebayev va K. Atamuratov, hamda RAIBD vakillari olib bordilar.
➡️Ma’ruzalar hayotiy misollar orqali, har bir yoshning qalbiga yo‘l topadigan tarzda o‘tkazildi. So‘z giyohvandlik, nosog‘lom odatlar, beparvolikning achchiq oqibatlari haqida ketdi. Shu bilan birga, har bir insonning o‘z sog‘lig‘iga bo‘lgan e’tibori, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonchi va toza hayotga intilishi naqadar muhim ekani ta’kidlandi.