


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi «2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali reja jadvaliga asos filial direktori A.D.Esboganova va filial shifokori A.Djalilov 2025-yil 24-iyul kuni Bozatov tumani «Qusqanatov» QFY fuqarolari va Bozatov obodonlashtirish bo‘limida ishlovchi xodimlari bilan davra suhbati o‘tkazilib, fuqarolarga jamoat joylari va turar joylarda xavfsiz muhit yaratish, fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida tegishli soha mutaxassislari tomonidan fuqarolarga profilaktik tushuntirish ishlari amalga oshirildi.