To’rtkul tumani narkologiya xizmati o‘rganildi

To’rtkul tumani narkologiya xizmati o‘rganildi

To’rtkul tumani narkologiya xizmati o‘rganildi

11-dekabr kuni RIRSIATM Narkologiya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbari A. Esboganova To’rtkul tumaniga xizmat safari amalga oshirdi.

Safar davomida ro‘yxatda turuvchi bemorlarga ko‘rsatilayotgan ambulator tibbiy xizmat holati, mavjud muammolar hamda narkologiya xizmatini yo‘lga qo‘yish jarayonlari o‘rganildi. Poliklinika narkologiya xonasi faoliyati ko‘zdan kechirilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

🧷Bemorlarni qabul qilish tartibi, yaratilgan sharoitlar, tibbiy hujjatlarni yuritish, zarur dori vositalarini tavsiya etish va ularning bemorlarga yetib borish jarayonlari batafsil ko‘rib chiqildi.

✅10-XKTga amal qilinishi, konsultativ nazorat va boshqa masalalar tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tuman narkologiga tegishli tavsiyalar berildi.