26-iyun – Xalıqaralıq náshebentlikke qarsı gúresiw kúni
- 26.06.2026
- 0
Ayni kunlarda Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ustidan nazorat qilish bo‘yicha Davlat komissiyasi ishchi guruhi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasida hududiy o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
O‘rganishlar davomida Chimboy tumani narkologiya kabineti, Qorao‘zak tumani narkologiya kabineti hamda Taxtako‘pir tumani narkologiya kabinetlari faoliyati ko‘zdan kechirildi. Jarayonda mavjud hujjatlar yuritilishi, profilaktik tadbirlar samaradorligi, hisobdagi shaxslar bilan ishlash holati hamda narkologik xizmat sifati tahlil qilinib, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, Xo‘jayli tuman tibbiyot birlashmasi narkologiya xonasi, Kegeyli tuman tibbiyot birlashmasi narkologiya xonasi hamda Taxiatosh tuman tibbiyot birlashmasi narkologiya xonalari faoliyati ham o‘rganildi. Xizmat faoliyatini yanada takomillashtirish, nazorat mexanizmlarini kuchaytirish hamda hisobot yuritish tizimini tartibga solish bo‘yicha mas’ullarga zarur tavsiyalar berildi.
O‘rganishlar davomida hududlarda aholiga ko‘rsatilayotgan narkologik xizmatlar sifati, profilaktik ishlar samaradorligi hamda kuratorlar bilan hamkorlikdagi faoliyat masalalari muhokama qilindi. Aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.