Qoraqalpog‘iston Respublikasida yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmatlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali mutaxassislari – narkolog shifokor A. Abubakirov hamda feldsher D. Perdebayev tomonidan Nukus shahridagi Samanbay MPJ KMU talaba-yoshlari ishtirokida profilaktik uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi hamda millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatchilikdan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–207-son qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish, uning inson salomatligi va jamiyat hayotiga salbiy oqibatlari haqida ma’lumotlar yetkazilib, talabalarning qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.