Qoraqalpog‘iston Respublikasida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasida giyohvandlikka qarshi targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi

Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Narkologiya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali shifokor-narkologi A. Samarxanova hamda feldsher D. Perdebayev tomonidan Nukus shahri Markaziy bozorida aholi o‘rtasida targ‘ibot-tushuntirish tadbiri tashkil etildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik hamda narkojinoyatchilikdan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-son Farmonining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, 26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan fuqarolar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va ularning salbiy oqibatlari haqida savol-javoblar o‘tkazildi. Ishtirokchilarga mavzu yuzasidan qo‘shimcha ma’lumotlar berilib, targ‘ibot bukletlari tarqatildi.

Bunday tadbirlar aholining huquqiy va tibbiy savodxonligini oshirish, yoshlarni giyohvandlik illatidan asrash hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga xizmat qiladi.