CALL CENTER
- 09.01.2026
- 0
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrda qabul qilingan “Aholi salomatligini hamda millat genofondni nashavandlik va narkojinoyatchilikdan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.
Shu doirada Nukus shahridagi Jana bazar MFY, Nurli bostan MFY, Shayirlar MFY, Dosliq MFYlarida Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali mutaxassislari — narkolog shifokor A.Jalilov, feldsherlar D.Perdebayev va K.Atamuratov tomonidan aholi uchun ma’rifiy-profilaktik leksiya o‘tkazildi.
Tadbir davomida aholi orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, giyohvandlik va uning inson salomatligiga salbiy ta’siri, shuningdek, nashavandlik va boshqa zararli odatlarning og‘ir oqibatlari haqida atroflicha ma’lumot berildi. Aholiga mavzular bo‘yicha axborot bukletlari tarqatilib, savol-javoblar orqali faol muloqot olib borildi.