“Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish”
- 22.04.2026
- 0
Bugun Samarqand shahrida butun jahon hamjamiyati uchun eng dolzarb mavzulardan biriga bag‘ishlangan “Jamoat salomatligi va xavfsizligini ta’minlash maqsadida transmilliy narkotahdidlarga qarshi kurashish” mavzusidagi xalqaro forum o‘z ishini boshladi. (https://t.me/SShMirziyoyeva/3713?single)
Forum ishtirokchilariga — 50 dan ortiq davlat vakillari, 500 dan ziyod xalqaro ekspert va mutaxassislar, shuningdek, BMT, Interpol, Yevropa Ittifoqi, MDH va SHHT kabi yetakchi xalqaro tashkilotlar delegatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning murojaatini yetkazish men uchun katta sharaf bo‘ldi.
Ushbu sohadagi hamkorlikni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun qator xalqaro tashkilotlar rahbarlari maxsus ta’sis etilgan “Narkotiklarga qarshi kurashish fidoyisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.