“III Yosh psixiatr va narkologlarning bahorgi Samarqand ilmiy maktabi” bo‘yicha ko‘rsatma xat

“III Yosh psixiatr va narkologlarning bahorgi Samarqand ilmiy maktabi” bo‘yicha ko‘rsatma xat

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2026-yil 16-martdagi 02-28/6801-sonli ko‘rsatma xatiga muvofiq, 2026-yil 8–12-aprel kunlari Samarqand davlat tibbiyot universitetida “III Yosh psixiatr va narkologlarning bahorgi Samarqand ilmiy maktabi” nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.

Mazkur ilmiy maktab RIRSIATM, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, Toshkent davlat tibbiyot universiteti hamda O‘zbekiston psixiatrlar assotsiatsiyasi hamkorligida, Butunjahon psixiatrlar assotsiatsiyasi ko‘magida tashkil etiladi.

Ko‘rsatma xatga quyidagi hujjatlar ilova qilingan:

  • 1-ilova «III Yosh psixiatr va narkologlarning bahorgi Samarqand ilmiy maktabi» nomli xalqaro ilmiy-amaliy anjumani dasturi
  • 2-ilova xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkiliy qo‘mitasining tarkibi;
  • 3-ilova xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishchi qo‘mita tarkibi;
  • 4-ilova xalqaro ilmiy-amaliy anjuman ishtirokchilar ro‘yxati.

Mazkur ko‘rsatma xat va uning ilovalari anjumanni yuqori tashkiliy va ilmiy saviyada o‘tkazish, hududiy mutaxassislar, tibbiyot OTMlari hamda ilmiy tashkilotlar ishtirokini muvofiqlashtirish uchun muhim asos bo‘lib xizmat qiladi.