Nókis qalası 23-mektepte jas óspirimler menen ushrasıw ótkerildi
- 13.10.2026
- 0
Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Narkologiya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining mutaxassislari tomonidan profilaktik targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda vrach-narkolog A. Jalilov, feldsherlar D. Perdebayev va K. Atamuratov ishtirok etdi.
Tadbir Nukus shahri, “Jipek joly” MFY hududida mahalla fuqarolari ishtirokida tashkil etildi. Yig‘ilishda MFY raisi M. Izanov hamda mahalla aholisi qatnashdi.
Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi “Aholining salomatligi va millat genofondini nashavandlik hamda narkojinoyatchilikdan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-207-son qarori mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.
🔹Aholi orasida keng tarqalib borayotgan sintetik va yarim sintetik psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari;
🔹 ularning tarqalishining oldini olish choralari;
🔹yoshlarning zararli odatlarga berilib ketishining oldini olish;
🔹giyohvandlikning inson salomatligi, oilasi va jamiyatga salbiy ta’siri haqida ma’ruza va seminar shaklida batafsil tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mahallada yashovchi nuroniylar va fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni turli zararli illatlardan asrash hamda giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.