Beruniy tumani

Beruniy tumani

Beruniy tumani

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrda qabul qilingan “Aholi salomatligini hamda millat genofondni nashavandlik va narkojinoyatchilikdan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF–207-sonli va 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1 sonli qarorlari ijrolarini ta‘minlash doirasida Respublika aholisiga narkologiya xizmatlarini yanada yaxshilash maqsadida 2026-yil 27-fevral kuni Respublika ixtisoslashtirilgan ruxiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi narkologiya xizmati bo‘yicha Qoraqalpogiston Respublikasi filiali direktori A.Esboganova Beruniy tumani tumaniga tashrif buyurdilar.

Fuqarolarga jamoat joylari va turar joylarda xavfsiz muhit yaratish, fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga har qanday tajovuzlarning oldini olish maqsadida tegishli soha mutaxassislari tomonidan profilaktik tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

O‘rganish davomida tuman narkolog kabinetlarining birlamchi bo‘g‘in xizmatining qay darajada yo‘lga qo‘yilganligi, hisobda turuvchi bemorlarga zarur ambulator davolashlarning olib borilishi, tibbiy hujjatlar yuritilishi, dinamik kuzatuvdagi bemorlarning guruhlarga ajratilish jarayoni, ularning ro‘yxatining muvofiqligi, D-MED elektron tizimiga o‘tishi, tashxislarni qo‘yishda 10-XKTga amal qilinishi, bemorlarning konsultativ kuzatuvi holatlari, shuningdek o‘rganish davomida tuman tibbiyot birlashmasi qoshida tashkil etilgan maslik holatidagi fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish punktining xizmati, birlamchi kasalliklarni erta aniqlash, dorilar bilan ta’minlanishi, yaratilgan sharoitlar, me’yoriy hujjatlarning yuritilishi, SanPin bo‘yicha tozaliklari, kamchilik va muammolar o‘rganildi, aniqlangan kamchiliklar birgalikda tahlil qilindi hamda fuqarolarga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilash bo‘yicha kerakli ko‘rsatmalar berildi.