2-sonli Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamiyatlik salomatlik texnikumi

2-sonli Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamiyatlik salomatlik texnikumi

2-sonli Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamiyatlik salomatlik texnikumi

☄️ Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining narkologiya xizmati bo‘yicha Qoraqalpog‘iston filiali mutaxassislari — doktor narkolog A. Jalilov, feldsherlar D. Perdebayev va K. Atamuratovlar aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risidagi PF-207-sonli farmon ijrosini ta’minlash maqsadida 2-sonli Nukus Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamiyatlik salomatlik texnikumi o‘quvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

✅Uchrashuv davomida o’quvchilarga tamaki tutunining ko‘zga ko‘rinmas xavfi, bir cho‘g‘ bilan boshlanadigan, ammo umrning eng chiroyli sahifalarini so‘ndirishi mumkin bo‘lgan illat haqida ma’ruzalar taqdim etildi. Mutaxassislar chekish nafaqat tanani, balki insonning orzu-intilishlarini ham sekin-asta zabt etishini jonli misollar, ta’sirli hikoyalar orqali yoritib berdilar.

✅Yoshlar orasida sog’lom turmush tarzini targ’ib etishga qaratilgan bu kabi tadbirlar ertamiz egalarini yanada barkamol voyaga yetishlariga xizmat qiladi.